ENZO Tayyor beton
Kuniga 800 m³ dan ortiq. Mikser va beton nasoslar orqali toʻgʻridan-toʻgʻri qurilish maydoniga.
Muammo
Nima uchun bu muhim
Beton yetkazib berishda eng muhim omil — vaqt. Aralashtirilgandan keyin u tezda quyilmasa, sifati va mustahkamligi pasayadi.
Yechim
ENZO qanday hal qiladi
ENZO har kuni 800 m³ dan ortiq beton ishlab chiqaradi va uni beton nasoslar orqali toʻgʻridan-toʻgʻri qurilish maydoniga yetkazadi. Qishda ham ishlab chiqarish toʻxtamaydi va beton harorati nazorat qilib boriladi.
Xarakteristika
Texnik maʼlumot
Qiymatlar ENZO GROUP katalogidan. Toʻliq jadval va pozitsiyalar boʻyicha menejer bilan aniqlashtiriladi.
- Markalar
- M100 – M500
- Beton klassi
- B7,5 – B40
- Qoʻllanilishi
- Poydevor · qavat plitalari · kolonna va balka · yoʻl
- Yetkazish
- Mikser (10 m³) + beton nasos
- Nazorat
- Har bir partiya — zavod laboratoriyasida
- Xomashyo
- Oʻz sementimiz — ENZO Optima M450 / EXTRA M550
Klass va marka muvofiqligi
| Klass | Oʻrtacha mustahkamlik, kgs/sm² | Yaqin marka |
|---|---|---|
| B 7,5 | 98 | M 100 |
| B 10 | 131 | M 150 |
| B 12,5 | 164 | M 150 |
| B 15 | 196 | M 200 |
| B 20 | 262 | M 250 |
| B 25 | 327 | M 350 |
| B 30 | 393 | M 400 |
| B 35 | 458 | M 450 |
| B 40 | 524 | M 550 |
Quvvat
Tayyor beton boʻyicha quvvatimiz
Ishlab chiqarish 24 soat, yil davomida toʻxtamaydi.
Tekshiruvlar
Laboratoriya
Mahsulotning qanchalik mustahkamligini koʻz bilan aniqlash qiyin.
Shuning uchun biz har bir mahsulotni zavoddan chiqmasdan oldin laboratoriyada tekshiramiz. Sement, beton, temir-beton mahsulotlar hammasi. Mustahkamlik, namlikka chidamlilik, harorat barchasi oʻlchanadi va qayd etiladi.
Mustahkamlik
Namlikka chidamlilik
Harorat


Kalkulyator
Narx qanday hisoblanadi?
Narx hamma buyurtmachilar uchun bir xil emas, chunki hajmlar har xil. Katta hajmda buyurtmalar uchun narx individual hisoblanadi. Doimiy hamkorlar uchun esa alohida shartlar kelishiladi.
FAQ
Koʻp soʻraladigan savollar
Koʻpchilik ikkilanuvchi savollarga javoblar
Mikser zavoddan chiqqach beton oʻz xususiyatini bir necha soat saqlaydi, shuning uchun yetkazish vaqti oldindan rejalashtiriladi. Buyurtma berilganda manzil va hajmga qarab aniq vaqt kelishiladi — quyish jarayoni tayyor boʻlishi kerak.
Mahsulotlar toʻgʻridan-toʻgʻri zavoddan, vositachilarsiz yetkazib beriladi. Shu sababli mijozlar ENZO mahsulotlarini 1-qoʻl narxda xarid qilish imkoniga ega boʻladi.
Biz mahsulotlarimizga rasmiy kafolat beramiz va bu kafolat faqat soʻzda emas — hujjat bilan tasdiqlanadi. Agar mahsulotda biror muammo aniqlansa, uni qaytarib olib, hech qanday ortiqcha savollarsiz yangisiga almashtirib beramiz.
Ha, mahsulotlarimizni Oʻzbekiston boʻylab yetkazib beramiz. Buyurtma hajmi va manziliga qarab yetkazib berish shartlari alohida kelishiladi.
Ha, biz ishlab chiqarishni mavsumga bogʻlamaymiz — yil davomida, qishda ham uzluksiz ishlaymiz. Zavodimiz 24/7 formatda faoliyat yuritadi.
Ha, barcha mahsulotlarimiz tegishli sertifikatlar va hujjatlar bilan tasdiqlangan. Ishlab chiqarish jarayoni amaldagi davlat standartlariga muvofiq olib boriladi va har bir mahsulot sifat nazoratidan oʻtkaziladi.
Aniq narxni oling
Mahsulot turi, miqdor va yetkazish manzilini ayting — narxni va muddatni hisoblab beramiz.
- +998 55 810 77 77
- enzogroupuz@gmail.com
- Ish vaqti: Dushanba – Shanba, 08:00 – 18:00