ENZO Shifer

Yuqori sifatli xomashyodan, laboratoriya nazoratida. Issiq, sovuq va namlikka chidamli.

ENZO Shifer

Muammo

Nima uchun bu muhim

Koʻp hollarda mijozlar arzonroq variantni tanlaydi. Lekin 2–3 yildan soʻng u eskiradi va suv oʻtkazadi. Uni almashtirish xarajatini qoʻshib hisoblasangiz, boshidagi arzon tanlov qimmatga tushadi.

Yechim

ENZO qanday hal qiladi

ENZO Shifer yuqori sifatli xomashyodan, laboratoriya nazoratida ishlab chiqariladi. Xrizotil tola Ural Asbest (Rossiya) dan keladi — shifer mahsulotining uzoq xizmat muddati undagi sement va asbest sifatiga bogʻliq.

Xarakteristika

Texnik maʼlumot

Qiymatlar ENZO GROUP katalogidan. Toʻliq jadval va pozitsiyalar boʻyicha menejer bilan aniqlashtiriladi.

Uzunligi × eni
1750 × 1130 mm
Qalinligi
5,7 mm
Toʻlqinlar soni
8 ta
Toʻlqin balandligi / qadami
40 mm / 150 mm
Foydalanish maydoni
1,6 m² (bitta varaq)
Xizmat muddati
50+ yil
Xomashyo
Ural Asbest (RF) — xrizotil tola

Quvvat

Shifer boʻyicha quvvatimiz

Ishlab chiqarish 24 soat, yil davomida toʻxtamaydi.

1,5 mln
dona shifer / yil
50+
yil xizmat muddati
8
toʻlqin, 40 mm balandlik

Tekshiruvlar

Laboratoriya

Mahsulotning qanchalik mustahkamligini koʻz bilan aniqlash qiyin.

Shuning uchun biz har bir mahsulotni zavoddan chiqmasdan oldin laboratoriyada tekshiramiz. Sement, beton, temir-beton mahsulotlar hammasi. Mustahkamlik, namlikka chidamlilik, harorat barchasi oʻlchanadi va qayd etiladi.

01

Mustahkamlik

02

Namlikka chidamlilik

03

Harorat

Sizga yetkazilgan mahsulot allaqachon tekshirilgan. Har bir partiya bilan birga OTK xulosasi va texnik hujjatlar beriladi.

Zavod laboratoriyasidagi press-mashina
Namuna sinov uskunasi

Kalkulyator

Narx qanday hisoblanadi?

Narx hamma buyurtmachilar uchun bir xil emas, chunki hajmlar har xil. Katta hajmda buyurtmalar uchun narx individual hisoblanadi. Doimiy hamkorlar uchun esa alohida shartlar kelishiladi.

Mahsulot, oʻlchov va yetkazish manzilini kiriting — taxminiy narxni oling

Narxlar zavod (Fargʻona viloyati, Quvasoy) narxlari. Yetkazib berish bu hisobga kirmaydi — hududga qarab alohida kelishiladi.

FAQ

Koʻp soʻraladigan savollar

Koʻpchilik ikkilanuvchi savollarga javoblar

Javob topmadingizmi?

+998 55 810 77 77

Dushanba – Shanba, 08:00 – 18:00

Ariza qoldirish

Foydalanish maydoni — 1,6 m². Yaʼni 100 m² tomga taxminan 63 varaq kerak, ustma-ust qoʻyish zaxirasi bilan 70 ga yaqin. Aniq miqdorni kalkulyatorda hisoblab koʻrishingiz mumkin.

Mahsulotlar toʻgʻridan-toʻgʻri zavoddan, vositachilarsiz yetkazib beriladi. Shu sababli mijozlar ENZO mahsulotlarini 1-qoʻl narxda xarid qilish imkoniga ega boʻladi.

Biz mahsulotlarimizga rasmiy kafolat beramiz va bu kafolat faqat soʻzda emas — hujjat bilan tasdiqlanadi. Agar mahsulotda biror muammo aniqlansa, uni qaytarib olib, hech qanday ortiqcha savollarsiz yangisiga almashtirib beramiz.

Ha, mahsulotlarimizni Oʻzbekiston boʻylab yetkazib beramiz. Buyurtma hajmi va manziliga qarab yetkazib berish shartlari alohida kelishiladi.

Ha, biz ishlab chiqarishni mavsumga bogʻlamaymiz — yil davomida, qishda ham uzluksiz ishlaymiz. Zavodimiz 24/7 formatda faoliyat yuritadi.

Ha, barcha mahsulotlarimiz tegishli sertifikatlar va hujjatlar bilan tasdiqlangan. Ishlab chiqarish jarayoni amaldagi davlat standartlariga muvofiq olib boriladi va har bir mahsulot sifat nazoratidan oʻtkaziladi.

Aniq narxni oling

Mahsulot turi, miqdor va yetkazish manzilini ayting — narxni va muddatni hisoblab beramiz.